BestMedia

“Baron” filmida suratga tushgan aktyorlarning ba’zilari gonorarlardan voz kechgani haqidagi gap-so‘zlar rad etildi

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan tasvirga olingan “Baron” filmida suratga tushgan aktyorlarning barchasi kelishilgan gonorar pullarini olgan. Bu haqda film rejissori Rustam Sa’diyev “Darakchi” gazetasiga ma’lum qildi.
“Baron” filmida suratga tushgan aktyorlarning ba’zilari gonorarlardan voz kechgani haqidagi gap-so‘zlar rad etildi
“Ishtirok etgan aktyorlarning bari kelishilgan gonorarlarni oldi. Lekin ularning hech biri pul uchun ishlamadi”, — deydi Rustam Sa’diyev.

“Ko‘tarilgan mavzuning ijtimoiy ahamiyatga egaligi sabab, giyohvandlik vabosiga qarshi kurash mavzusida suratga olingan ushbu film nafaqat o‘zbek aktyorlari, balki chet ellik hamkasblarimiz uchun ham qiziq bo‘ldi”, — deydi rejissor.

Rustam Sa’diyevning qo‘shimcha qilishicha, ijodiy jamoa mazkur film orqali “kelajak avlodlarimiz sog‘lom bo‘lib o‘sishiga hissa qo‘shganidan xursand”.

Ma’lumot uchun, “Baron” filmida Javohir Zokirov, Ulug‘bek Qodirov, Shahlo Temirova, Jamila G‘ofurova, Dilnoza Kubayeva, Muhammadiso Abdulxairov, Seydulla Moldaxanov, Ra’no Shodiyeva, Dilorom Egamberdiyeva, Shahzoda Matchonova kabi o‘zbekistonlik, Farhod Mahmudov, Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy kabi rossiyalik, shuningdek, Gollivud kinoloyihalarida qatnashgan Hasan Mas’ud kabi aktyorlar suratga tushgan.

Filmni suratga olish ishlari uchun, turli manbalarga ko‘ra, qariyb 1,5 milliard so‘m sarflangan.скачать dle 10.4фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.